Меню
Разработки

03.04.2020

Содержимое разработки

VILYAM SHEKSPIR (1564-1616)

VILYAM SHEKSPIR

(1564-1616)

Bilib oling! Ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug‘ildi. Otasi — Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo‘lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi — Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag‘allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi.

Bilib oling!

  • Ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug‘ildi.
  • Otasi — Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo‘lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi.
  • Onasi — Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag‘allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi.
Globus 1598- yilda aka-uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg‘og‘ida «Globus» teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham o‘z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608- yilda u katta foyda keltiradigan «Blekfrayerz» teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi.

Globus

  • 1598- yilda aka-uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg‘og‘ida «Globus» teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham o‘z ijodiy guruhiga ega aktyor edi.
  • 1608- yilda u katta foyda keltiradigan «Blekfrayerz» teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi.
«Qirol hazratlarining xizmatkorlari» 1603- yil­da qirol Yakov Shekspir truppasini o‘z himoyatiga oldi. Guruh a’zolari «Qirol hazratlarining xizmatkorlari» deb atalib, kamerdinerlar singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi.

«Qirol hazratlarining xizmatkorlari»

  • 1603- yil­da qirol Yakov Shekspir truppasini o‘z himoyatiga oldi. Guruh a’zolari «Qirol hazratlarining xizmatkorlari» deb atalib, kamerdinerlar singari saroy xodimlari hisoblanishardi.
  • Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi.
1616- yilning 23- aprelida buyuk dramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz ak­tyor Shekspir olamdan o‘tdi. Uning jasadini o‘z qavmi cherkoviga ko‘mishdi.
  • 1616- yilning 23- aprelida buyuk dramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz ak­tyor Shekspir olamdan o‘tdi.
  • Uning jasadini o‘z qavmi cherkoviga ko‘mishdi.
ASARLAR Qanchalik mashhur bo‘lmasin, bironta pyesasi hayotlik chog‘ida risoladagiday nashr qilinmagan edi. Ularning aksariyati 1623- yilga kelib, adib o‘limidan yetti yil o‘tgach, dunyo yuzini ko‘rdi.

ASARLAR

  • Qanchalik mashhur bo‘lmasin, bironta pyesasi hayotlik chog‘ida risoladagiday nashr qilinmagan edi.
  • Ularning aksariyati 1623- yilga kelib, adib o‘limidan yetti yil o‘tgach, dunyo yuzini ko‘rdi.
Aktyor sifatida ko‘proq qirollarning rollarini o‘ynaganligi qayd etilgan:  «Hamlet» - Arvoh; «Sizga bu yoqadimi?» - Odam Ben Jonsonning «O‘ziga yetguncha», «Sevan» pyesalarida Shekspir o‘zining so‘nggi rollarini o‘ynagan. Aktyor Shekspir

Aktyor sifatida ko‘proq qirollarning rollarini o‘ynaganligi qayd etilgan:

  • «Hamlet» - Arvoh;
  • «Sizga bu yoqadimi?» - Odam
  • Ben Jonsonning «O‘ziga yetguncha», «Sevan» pyesalarida Shekspir o‘zining so‘nggi rollarini o‘ynagan.

Aktyor Shekspir

Umri mobaynida V. Shekspir 36 dramatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan.
  • Umri mobaynida V. Shekspir 36 dramatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan.
ASARLARI 1593-yil- “Venera va Adonis” poema 1594-yil – “Lukretsiya” poema 1592-yil – “Xatolar komediyasi” komediya 1593-yil – “Qiyiq qizning quyulishi” komediya (Turob To`la t.q.) 1594-yil – “Ikki Veronalik” komediya 1594-yil – “Sevgining behuda zo’rayishi” komediya 1595-yil – “Yoz kechasidagi tush” komediya 1599-yil -“Bu sizga yoqadimi?” komediya 1600-yil – “O’n ikkinchi tun” komediya 1594-1595-yil – “Romeo va Juletta ” tragediya 1598-yil – “Yuliy Sezar” tragediya 1601-yil – “Hamlet” 1604-yil – “Otello” tragediya 1605-yil – “Qirol Lir”, 1606-yil - “Makbet” tragediyalari. 1606-yil –“Antoniy va Kleopatra” tragediya 1612-yil – “Bo’ron” tragediya

ASARLARI

  • 1593-yil- “Venera va Adonis” poema
  • 1594-yil – “Lukretsiya” poema
  • 1592-yil – “Xatolar komediyasi” komediya
  • 1593-yil – “Qiyiq qizning quyulishi” komediya (Turob To`la t.q.)
  • 1594-yil – “Ikki Veronalik” komediya
  • 1594-yil – “Sevgining behuda zo’rayishi” komediya
  • 1595-yil – “Yoz kechasidagi tush” komediya
  • 1599-yil -“Bu sizga yoqadimi?” komediya
  • 1600-yil – “O’n ikkinchi tun” komediya
  • 1594-1595-yil – “Romeo va Juletta ” tragediya
  • 1598-yil – “Yuliy Sezar” tragediya
  • 1601-yil – “Hamlet”
  • 1604-yil – “Otello” tragediya
  • 1605-yil – “Qirol Lir”,
  • 1606-yil - “Makbet” tragediyalari.
  • 1606-yil –“Antoniy va Kleopatra” tragediya
  • 1612-yil – “Bo’ron” tragediya
“ HAMLET” fojiasi

HAMLET”

fojiasi

Ishtirok etuvchilar: Hamlet. Avvalgi qirolning o‘g‘li, hozirgi qirolning jiyani. Klavdiy. Daniya qiroli. Horatsio. Haml е tning do‘sti. Mars е ll. Askar. Poloniy. Saroy noziri. Laert. Poloniyning o‘g‘li. Roz е nkrans Gild е nst е rn. Aktyorlar, ikki masxaraboz – go‘rkov. G е rtruda. Daniya qirolichasi, Haml е tning onasi. Ofeliya. Poloniyning qizi. Haml е t otasining arvohi.

Ishtirok etuvchilar:

  • Hamlet. Avvalgi qirolning o‘g‘li, hozirgi qirolning jiyani.
  • Klavdiy. Daniya qiroli.
  • Horatsio. Haml е tning do‘sti.
  • Mars е ll. Askar.
  • Poloniy. Saroy noziri.
  • Laert. Poloniyning o‘g‘li.
  • Roz е nkrans
  • Gild е nst е rn.
  • Aktyorlar, ikki masxaraboz – go‘rkov.
  • G е rtruda. Daniya qirolichasi, Haml е tning onasi.
  • Ofeliya. Poloniyning qizi.
  • Haml е t otasining arvohi.
“ Haml е t” fojiasida insoniyat paydo bo‘lgandan b е ri yonma-yon k е layotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va jazo singari sifatlar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan. O‘sha davrning barcha gumanistlari singari Sh е kspir ham insonni har jihatdan y е tuk, kamchiliklardan xoli, odam d е gan mukarram nomga munosib ko‘rishni istaydi. Asarda ezgulikka intilgan zotlar va hokimiyatga erishish yo‘lida yovuzlik qilgan kimsalar taqdirining o‘zaro k е sishgan nuqtalari tasvir etilgan.
  • Haml е t” fojiasida insoniyat paydo bo‘lgandan b е ri yonma-yon k е layotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va jazo singari sifatlar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan.
  • O‘sha davrning barcha gumanistlari singari Sh е kspir ham insonni har jihatdan y е tuk, kamchiliklardan xoli, odam d е gan mukarram nomga munosib ko‘rishni istaydi.
  • Asarda ezgulikka intilgan zotlar va hokimiyatga erishish yo‘lida yovuzlik qilgan kimsalar taqdirining o‘zaro k е sishgan nuqtalari tasvir etilgan.
Voqealar rivoji Manfaatparastlik, xudbinlik shunday illatki, unga yo‘liqqan kimsa o‘zgalarga zug‘um qilmasligi, zarar y е tkazmasligi mumkin emas. Munofiq va shuhratparast Klavdiy tug‘ishgan akasi bo‘lmish qonuniy qirolni xiyonatkorlarcha o‘ldirib, mamlakat taxtini egallaydi. Manfaatparastlik shunday kasallikki, istaklari qondirilgani sayin talablari ortib boraverdi. Shu bois yolg‘on qirol Klavdiyga taxtning o‘zi kamlik qiladi. Qirolning o‘limidan bir oy o‘tib-o‘tmay, u akasining b е vasi bo‘lmish malikaga ham uylanadi.

Voqealar rivoji

  • Manfaatparastlik, xudbinlik shunday illatki, unga yo‘liqqan kimsa o‘zgalarga zug‘um qilmasligi, zarar y е tkazmasligi mumkin emas.
  • Munofiq va shuhratparast Klavdiy tug‘ishgan akasi bo‘lmish qonuniy qirolni xiyonatkorlarcha o‘ldirib, mamlakat taxtini egallaydi.
  • Manfaatparastlik shunday kasallikki, istaklari qondirilgani sayin talablari ortib boraverdi. Shu bois yolg‘on qirol Klavdiyga taxtning o‘zi kamlik qiladi.
  • Qirolning o‘limidan bir oy o‘tib-o‘tmay, u akasining b е vasi bo‘lmish malikaga ham uylanadi.
O`ychan Hamlet Asarning bosh qahramoni shahzoda Hamlеt o‘ylar, gumonlar, iztiroblar girdobida tasvirlanadi. Xato qilishdan cho‘chiydigan, adolatsizlikdan qo‘rqadigan, nohaq qon to‘kilishini istamaydigan shahzoda har bir qadamini o‘lchab bosadi, har bir gapini o‘ylab gapiradi. Shuning uchun ham uning gaplari dеyarli hamisha tagma’noga ega, doimo “kosa tagida nimkosa” yashiringan.

O`ychan Hamlet

  • Asarning bosh qahramoni shahzoda Hamlеt o‘ylar, gumonlar, iztiroblar girdobida tasvirlanadi.
  • Xato qilishdan cho‘chiydigan, adolatsizlikdan qo‘rqadigan, nohaq qon to‘kilishini istamaydigan shahzoda har bir qadamini o‘lchab bosadi, har bir gapini o‘ylab gapiradi.
  • Shuning uchun ham uning gaplari dеyarli hamisha tagma’noga ega, doimo “kosa tagida nimkosa” yashiringan.
Hamlеt — tavakkalchi jangchi emas. U – o‘ychil faylasuf, fikr odami. Shuning uchun ham xato qilib, bеgunoh kishilar qotiliga aylanishdan qo‘rqadi. Ayni vaqtda, o‘zining ana shu qo‘rqishidan nafratlanadi. Axir ota arvohi undan qasos olishni talab etayotgandi! Fojia adolatsizlikdan qo‘rqadigan o‘y odamining ikkilanish-u iztiroblarini shu tarzda hayotiy ko‘rsatganligi bilan ahamiyatli. Asarda kuchli iztirob og‘ushida qolgan, hal qiluvchi qarorni qabul qilishga qiynalayotgan, birov bilan maslahatlashishi mumkin bo‘lmagan bo‘z yigit holati juda ta’sirli aks etgan.
  • Hamlеt — tavakkalchi jangchi emas. U – o‘ychil faylasuf, fikr odami. Shuning uchun ham xato qilib, bеgunoh kishilar qotiliga aylanishdan qo‘rqadi.
  • Ayni vaqtda, o‘zining ana shu qo‘rqishidan nafratlanadi.
  • Axir ota arvohi undan qasos olishni talab etayotgandi!
  • Fojia adolatsizlikdan qo‘rqadigan o‘y odamining ikkilanish-u iztiroblarini shu tarzda hayotiy ko‘rsatganligi bilan ahamiyatli.
  • Asarda kuchli iztirob og‘ushida qolgan, hal qiluvchi qarorni qabul qilishga qiynalayotgan, birov bilan maslahatlashishi mumkin bo‘lmagan bo‘z yigit holati juda ta’sirli aks etgan.
Asarda Hamlеtning harakatlari to‘kilgan qon uchun xun olishgina bo‘lmay, adolatsizlikni bartaraf etish, haqiqatni qaror topdirish yo‘lidagi kurash ekani tasvirlangan. Qotilni fosh qilishning oqilona yo‘lini o‘ylab topishi Hamlеtning qanchalik dono va fikrli yigitligini ko‘rsatadi. Shahzoda o‘tkir aql va yugurik xayol egasi bo‘lgani uchun ham Gildеnstеrn va Rozеnkranslar qirol tomonidan uning ortidan qo‘yilgan ayg‘oqchilar ekanini osongina bilib oladi.
  • Asarda Hamlеtning harakatlari to‘kilgan qon uchun xun olishgina bo‘lmay, adolatsizlikni bartaraf etish, haqiqatni qaror topdirish yo‘lidagi kurash ekani tasvirlangan.
  • Qotilni fosh qilishning oqilona yo‘lini o‘ylab topishi Hamlеtning qanchalik dono va fikrli yigitligini ko‘rsatadi.
  • Shahzoda o‘tkir aql va yugurik xayol egasi bo‘lgani uchun ham Gildеnstеrn va Rozеnkranslar qirol tomonidan uning ortidan qo‘yilgan ayg‘oqchilar ekanini osongina bilib oladi.
fojiasi Qo`shimcha manbalar “ Otello”

fojiasi

Qo`shimcha manbalar

Otello”

QATNASHUVCHILAR Brabansio — senator. Gratsiano — Brabansioning ukasi. Lodoviko — Brabansinoning qarindoshi. Otello — aslzoda arab, Venetsiya davlatining amaldori. Kassio — uning leytenanti. Yago — Otelloning mulozimi. Rodrigo — venetsiyalik boy yigit. Montano — Qibrisning oldingi hokimi. Dezdemona — Brabansioning qizi, Otelloning xotini. Emiliya — Yagoning xotini.

QATNASHUVCHILAR

  • Brabansio — senator.
  • Gratsiano — Brabansioning ukasi.
  • Lodoviko — Brabansinoning qarindoshi.
  • Otello — aslzoda arab, Venetsiya davlatining amaldori.
  • Kassio — uning leytenanti.
  • Yago — Otelloning mulozimi.
  • Rodrigo — venetsiyalik boy yigit.
  • Montano — Qibrisning oldingi hokimi.
  • Dezdemona — Brabansioning qizi, Otelloning xotini.
  • Emiliya — Yagoning xotini.
Qisqacha Umrini janglarda o‘tkazgan oqil va halol arab general Otello o‘ziga jasur Kassioni leytenant qilib oladi. Uning xizmatkori Yago shu o‘ringa o‘tishni mo‘ljallab yurar edi. Shuningdek, Venetsiya senatori Brabansioning go‘zal qizi Dezdemona venetsiyalik boy yigit Rodrigoni rad qilib, qora va qariroq bo‘lishiga qaramay, Otelloni sevib qoladi va unga tegadi. Ikki alamzada: Yago va Rodrigo birlashib, Otello bilan Kassiodan o‘ch olishga bel bog‘lashadi. Generalga xo­tini Dezdemona unga xiyonat qilib, kelishgan leytenant Kassio bilan yurishini aytishadi. O‘zi rostgo‘y bo‘lgani uchun hammani chin gapiradi deb o‘ylaydigan Otello ularning gapiga ishonadi. Ammo ...

Qisqacha

  • Umrini janglarda o‘tkazgan oqil va halol arab general Otello o‘ziga jasur Kassioni leytenant qilib oladi. Uning xizmatkori Yago shu o‘ringa o‘tishni mo‘ljallab yurar edi. Shuningdek, Venetsiya senatori Brabansioning go‘zal qizi Dezdemona venetsiyalik boy yigit Rodrigoni rad qilib, qora va qariroq bo‘lishiga qaramay, Otelloni sevib qoladi va unga tegadi. Ikki alamzada: Yago va Rodrigo birlashib, Otello bilan Kassiodan o‘ch olishga bel bog‘lashadi. Generalga xo­tini Dezdemona unga xiyonat qilib, kelishgan leytenant Kassio bilan yurishini aytishadi. O‘zi rostgo‘y bo‘lgani uchun hammani chin gapiradi deb o‘ylaydigan Otello ularning gapiga ishonadi. Ammo ...
Dezdemona. Shu kecha ham yashay qolay, erta o‘ldiring. Otello. Qarshilik ham ko‘rsatmoqchi bo‘lasanmi, a? Dezdemona. Yarim soatga axir! Otello. Muhlat berilmas. Dezdemona. Duo o‘qiy hech bo‘lmasa! Otello. Vaqt o‘tdi, kech. (Uni bo‘g‘adi.)
  • Dezdemona. Shu kecha ham yashay qolay, erta o‘ldiring.
  • Otello. Qarshilik ham ko‘rsatmoqchi bo‘lasanmi, a?
  • Dezdemona. Yarim soatga axir!
  • Otello. Muhlat berilmas.
  • Dezdemona. Duo o‘qiy hech bo‘lmasa!
  • Otello. Vaqt o‘tdi, kech. (Uni bo‘g‘adi.)
Xulosa o`rnida «Otello» fojiasida insoniyat paydo bo‘lgandan beri yonma-yon kelayotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va ishonch, olijanoblik va pastkashlik singari sifatlar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan. O‘sha davrning barcha gumanistlari singari Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk, kamchiliklardan xoli, odam degan mukarram nomga munosib ko‘rishni istaydi. Asarda ana shunga intilgan zotlar va o‘tkinchi manfaat, hokimiyatga erishish yo‘lida qabihlik qilgan kimsalar taqdirining o‘zaro kesishgan nuqtalari tasvir etilgan.

Xulosa o`rnida

  • «Otello» fojiasida insoniyat paydo bo‘lgandan beri yonma-yon kelayotgan ezgulik va yovuzlik, xiyonat va sadoqat, jinoyat va ishonch, olijanoblik va pastkashlik singari sifatlar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan. O‘sha davrning barcha gumanistlari singari Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk, kamchiliklardan xoli, odam degan mukarram nomga munosib ko‘rishni istaydi. Asarda ana shunga intilgan zotlar va o‘tkinchi manfaat, hokimiyatga erishish yo‘lida qabihlik qilgan kimsalar taqdirining o‘zaro kesishgan nuqtalari tasvir etilgan.
Manfaatparastlik, hasadgo‘ylik shunday illatki, unga yo‘liqqan kimsa o‘ziga ham, o‘zgalarga ham zug‘um qilmasligi, zarar yetkazmasligi mumkin emas. General Otelloning mulozimi bo‘lmish munofiq va hasadgo‘y Yago o‘rinbosarlikka uni emas, jasur Kassioni tanlagani uchun ham xo‘jayinidan, ham leytenantdan o‘ch olishga tutinadi. Buning uchun eng tuban yo‘ldan borib, generalning xotinini buzuqlikda ayblaydi. O‘zining arzimas manfaati uchun ulug‘ kishilarni ham, yuksak qadriyatlarni ham oyoqosti qilishga tayyor Yago Otelloning ishonuvchan va oqko‘ngilligidan ustalik bilan foydalanadi.
  • Manfaatparastlik, hasadgo‘ylik shunday illatki, unga yo‘liqqan kimsa o‘ziga ham, o‘zgalarga ham zug‘um qilmasligi, zarar yetkazmasligi mumkin emas. General Otelloning mulozimi bo‘lmish munofiq va hasadgo‘y Yago o‘rinbosarlikka uni emas, jasur Kassioni tanlagani uchun ham xo‘jayinidan, ham leytenantdan o‘ch olishga tutinadi. Buning uchun eng tuban yo‘ldan borib, generalning xotinini buzuqlikda ayblaydi. O‘zining arzimas manfaati uchun ulug‘ kishilarni ham, yuksak qadriyatlarni ham oyoqosti qilishga tayyor Yago Otelloning ishonuvchan va oqko‘ngilligidan ustalik bilan foydalanadi.
Otello — samimiy odam. U turlanishni, kishilar ko‘ziga o‘zini boshqacha ko‘rsatishni istamaydi. Oriyatli bo‘lgani uchun ham xotinining xiyonati haqidagi xabarni juda og‘ir kechiradi, yo‘qotish dahshatidan qutulolmaydi, hamisha shuning ta’sirida yuradi. Lekin u dardini bozorga solmaydi, odamlarga tomosha ko‘rsatishni istamaydi. Otello — inson hayoti, umr mazmuni haqida ko‘p o‘ylaydigan va uni to‘g‘ri baholashga urinadigan o‘ychil odam. Hamma insofli odamlar singari o‘ziga nisbatan talabchan.
  • Otello — samimiy odam. U turlanishni, kishilar ko‘ziga o‘zini boshqacha ko‘rsatishni istamaydi. Oriyatli bo‘lgani uchun ham xotinining xiyonati haqidagi xabarni juda og‘ir kechiradi, yo‘qotish dahshatidan qutulolmaydi, hamisha shuning ta’sirida yuradi. Lekin u dardini bozorga solmaydi, odamlarga tomosha ko‘rsatishni istamaydi. Otello — inson hayoti, umr mazmuni haqida ko‘p o‘ylaydigan va uni to‘g‘ri baholashga urinadigan o‘ychil odam. Hamma insofli odamlar singari o‘ziga nisbatan talabchan.
Mustahkamlash 1.Vilyam Shekspirning ilk asari? 2. Shekspirning sahnada o`ynalgan ilk asari qaysi? 3. Shekspirning adabiy merosi? 4. Shekspirning mashhur tragedik asarlari? 5. Shekspir qalamiga mansub komediyalar? 6. Otello fojiasida ishonuvchan, sodda, odamlardan xiyonat kutmaydigan kishilar obrazi? 7. Yago nima uchun Otellodan o`ch olmoqchi bo`ladi? 8. Rodrigo nima uchun Yagoga yordam beradi? 9. Otello nima uchun ro`molchani qadrlar edi? 10. General Otello nima uchun leytenanti Kassioni o`zidan uzoqlashtirgan edi? 11. Shekspirning “Otello” tragediyasini ilk bor kim o`zbekchaga o`girgan?

Mustahkamlash

  • 1.Vilyam Shekspirning ilk asari?
  • 2. Shekspirning sahnada o`ynalgan ilk asari qaysi?
  • 3. Shekspirning adabiy merosi?
  • 4. Shekspirning mashhur tragedik asarlari?
  • 5. Shekspir qalamiga mansub komediyalar?
  • 6. Otello fojiasida ishonuvchan, sodda, odamlardan xiyonat kutmaydigan kishilar obrazi?
  • 7. Yago nima uchun Otellodan o`ch olmoqchi bo`ladi?
  • 8. Rodrigo nima uchun Yagoga yordam beradi?
  • 9. Otello nima uchun ro`molchani qadrlar edi?
  • 10. General Otello nima uchun leytenanti Kassioni o`zidan uzoqlashtirgan edi?
  • 11. Shekspirning “Otello” tragediyasini ilk bor kim o`zbekchaga o`girgan?
E’TI BORING IZDAN  XUR SAND MIZ!

E’TI BORING IZDAN XUR SAND MIZ!

-75%
Курсы повышения квалификации

Проектная деятельность учащихся

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
(749.16 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт

Вы смотрели